O`zbekistonning eng muvoffaqiyatli tadbirkor ayollari Top-5

muvoffaqiyatli ayollar,ayol tadbirkorlar,business ledi lar,tadbirkor ayollar,muvoffaqiyatli ayol tadbirkorlar

O`zbekistonning eng muvoffaqiyatli tadbirkor ayollari Top-5 lik.

 

muvoffaqiyatli ayollar,ayol tadbirkorlar,business ledi lar,tadbirkor ayollar,muvoffaqiyatli ayol tadbirkorlar

O`zbekistonning eng muvoffaqiyatli tadbirkor ayollari Top-5 (Chapdan o`ngga qarab 1-5 o`rinlarda)

E`tiboringizga o’z shijoati, namunali tajribasi va mehnati bilan tadbirkorlik sohasiga hissa qo’shib kelayotgan ishbilarmon ayollar (Business Ladies) beshligini havola etamiz. Zero, ular oila va ishni bir maromida olib ketishga erishgan, bo’lajak tadbirkor ayollarga har tomonlama o’rnak bo’la oladigan zamonamiz yetakchilaridir.

1. Ra`no Ahmedova (Andijon viloyati)

Fermer xo’jaligi bo’yicha malakali tadbirkor. Ayni damda ijtimoiy-amaliy ahamiyatga ega bo’lgan yo’l ta`mirlash sohasida faoliyat olib boruvchi “Asadbek imkon qurilish” MChJ rahbari.

Ish faoliyatini qachon boshlagan: 1993 yilda.

Tadbirkor ayolga zarur bo’lgan asosiy narsa: Oilaviy tinchlik, turmush o’rtoqning qo’llab-quvvatlashi, boshlang’ich sarmoya va ishchilar bilan hamjihatlikda ishlash.

2. Mavjuda Omonova (Samarqand viloyati)

Farzandlari dunyoga kelgach, uyda yakka tartibda bolalarga qo’shimcha mashg’ulotlar (repetitorlik) o’tib kelgan. Turli lavozimlarda rahbar vazifasida ishlab kelgan. Hozirda “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasining tuman bo’limi raisi.
Uy bekalari, imkoniyati cheklangan ayollar va yosh tadbirkorlarga seminar-treninglar tashkil etadi.

Ish faoliyatini qachon boshlagan: 1987 yil.
Tadbirkor ayolga zarur bo’lgan asosiy narsa: Onalikni unutmaslik, turmush o’rtoqlarning axilligi, o’z haq-huquqlarini yaxshi bilish.

3. Feruza Shodmonova (Toshkent shahri)

“Milady” to’y liboslar salonining rahbari.

Ish faoliyatini qachon boshlagan: 2007 yil

Tadbirkor ayolga zarur bo’lgan asosiy narsa: Vaqt, oila a`zolarining to’g’ri tushunishi va yaratilgan brendning abadiy qolishi uchun bu sohaga farzandlarni ham jalb etish.

4. Umida Rahmonova (Toshkent shahri)

“Miss Lighting” (qandillar) savdo kompaniyasi rahbari.

Ish faoliyatini qachon boshlagan: 1999 yil.

Tadbirkor ayolga zarur bo’lgan asosiy narsa: yurt va xonadon tinchligi, oilani ham, tadbirkorlikni ham birinchi o’ringa qo’ygan holda teng olib borish.

5. Hilola Razzoqova (Toshkent shahri)

“Hiloladan tansiq taomlar” oilaviy korxona rahbari. Korxonada mazali pishiriqlar, issiq taomlar tayyorlanadi.

Ish faoliyatini qachon boshlagan: 2017 yilning boshida.

Tadbirkor ayolga zarur bo’lgan asosiy narsa: Halollik, yuqori sifatli mahsulotlarni ishlatish hamda shirinso’zlik.

Materialni tayyorlashda kun.uz saytidan foydalanildi.

 

 

 
Javohir Saidov ★

Do`stlaringizga ulashing hamda ushbu materialni yo`qotmaslik ushun saqlab qo`ying.


Publication author

offline 3 oy

admin

125
Comments: 77Publics: 65Ro`yxatdan o`tish: 17-05-2017