Marketing haqida

marketing haqida

Marketing bu – savdo sotiq, xizmat ko’rsatish va boshqa faoliyatlar bo’lib, ular uchta asodan tahkil topgan:
1. Sotuvchi;
2. xaridor;
3. Tovar yoki xizmatlar.
Marketing atamasi insonlar hayotiga kirib kelganiga ko’p bo’lmagan bo’lsada, uning paydo bo’lish insoniytning juda qadim o’tmishiga borib taqaladi.

Insonlar qabila bo’lib yashay boshlashganda narsalar almashinish bugungi kunda juda ko’plab murakkab iqtisodiy faoliyatlardan va strategiyalardan tashkil topgan yaxlit tizimlarga aylanib ketdi. Bunga sabab tariqasida juda ko’plab omillarni ko’rsatishimiz mumkin. Jumladan: odamlar sonining oshishi, maxsulot ishlab shiqarish va xizmat ko’rsatish turlarining ko’payib borishi va natijada raqobat muhitining yuzaga kelishi, ortib borayotgan ehtiyojlarimiz, sifat va vaqt ko’rsatkichlarining xilma xilligi va ayniqsa jamiyatning tabiatga ta’siri va buning natijasida kelib chiquvchi salbiy oqibatlar va hokazo. Uni qarangki quyida sanab o’tgan barcha sabablarimiz bugungi kunda global muammolar sirasiga kiradi va aynan shu omillar insonlarning rivojlanib ravnaq topishida eng katta o’rin tutadi.

Hayotda nimagaki erishar ekanmiz bu albatta boshqa bir narsaning evaziga bo’ladi. Ishlab pul topsangiz mehnatingiz evaziga, o’qib bilim olsangiz pulingiz va vaqtingiz evaziga, bugun mashina olsangiz bu kecha qilgan daromadingiz evazigadir. Inson nimanidir yaratar ekan bu albatta boshqa bir narsaning evazigadir.
Qadimda shunchaki bir narsani boshqa narsaga almashish kifoya qilgan bo’lsa, keyinchalik insonlar ayirboshlash vositasiga extiyoj seza boshlashdi va Pulni ixtiro qildilar. Pul yuzaga kelgan muammolarni hal qiladi va buning zamirida savdo sotiq faoliyati yuzaga keladi. Barcha narsala o’z qiymati va hodimlariga (ishlab chiqaruvchilariga)ega bo’ldi, endi barcha narsalarni bozorlardan topsa bo’lardi. Bu kashfiyot insoniyatning eng katta yutuqlaridan biri bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi va hatto hozirgacha bu tizim ishlab kelmoqda.

Raqobat, ishlab chiqaruvchilarning ko’pligi insonlarda marketingga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Marketingni urganish bu – “bozor faoliyatini o’rganish” demakdir. Yuqorida ko’rsatib o’tgan jarayonlarinmiz 18-19-asrlarga kelib marketing fanini paydo bo’ishiga olib kelgan omillardir. Bugungi kunda esa bu tizimni bilmagan sotuvchi hech bir daromad ko’ra olmaydi va bankrotga uchraydi. Bu marketing evalyutsiyasi va tarixining qisqacha bayonidir .

Publication author

offline 3 oy

admin

125
Comments: 77Publics: 65Ro`yxatdan o`tish: 17-05-2017