Fastfud sotib, hozirda tilla Bentley haydayotgan 19 yoshli tadbirkor yigit haqida.

biznesreja,biznes g`oya,muvaffaqiyat

biznesreja,biznes g`oya,muvaffaqiyat
Sautgemptonlik Robert Mfun 16 yoshga to‘lganida, darhol ikkita yerga ishlashga boradi — «Makdonalds» va moliya kompaniyasining xaridorlar uchun mahsulotlarni yetkazib berish xizmatiga. Shu bilan birga, u o‘qishini ham davom ettirdi. Treyding (savdo) asosini o‘rgangach, yigit ham bu sohada o‘zini sinab ko‘rishga qaror qildi. Biroq fastfud sotishda davom etdi.
Robert bitiruv imtihonlarini AAB bahoga topshirganida, allaqachon millionerga aylanib, Bentley haydar edi. U payti bigmaklar sotishni ham endigina to‘xtatgan edi.

«Men yugurdak bo‘lib ishlab yurgan kezlarim, yonimda yaxshi o‘qimishli insonlar bo‘lgani bois, ko‘p narsani o‘rgandim. Shundan so‘ng, uyda ko‘plab masalalarni hal etishga odatlandim. Bu qismli mashg‘ulotga aylangan ish edi. Biroq men barcha qilayotgan ishimdan nimadir o‘rganishga harakat qilaman», — deydi Robert.

«17 yoshimda huquqiy cheklovlar tufayli onamning nomiga hisob raqami ochdim . Onam bu ish bilan shug‘ullanmasligimni so‘radi», — deya yodga oladi Robert. ShUndan so‘ng Robert treyding bilan qanday shug‘ullanish kerakligini biluvchi yigit bilan tanishadi. Ular do‘stlashib, Robert 18 yoshga to‘lganida uning o‘z nomiga treyding-akkaunt ochishni o‘rgatadi.
U vaqtda Robert hali ham «Makdonalds»da ishlar edi, biroq u internetdan binar (o‘rtakash) savdogar sifatida mo‘maygina daromad olar edi. Fastfuddan ketganidan beri u biznesdagi ulushi, shuningdek, kafelar, Angliya va ona yurti JARdagi uyining ulushini yig‘di.
2009 yil 12 yoshida onasi bilan Sautgemptonga kelgan yosh tadbirkor ko‘plab bo‘lajak san’atkorlarning rahbari sanaladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘qish, «Makdonalds»dagi ish, yordamchi bo‘lib ishlash va treyding ishlari uning ko‘p kuchini olib ko‘yadi. Shu sababli, qiyinchiliklarga qaramay, u barcha imtihonlarni a’loga topshirib chiqganiga hayron qoladi. 19 yoshida u onasiga uy va mashina olib beradi, biroq u o‘g‘lining tilla Bentley mashinasidan juda norozi edi.
«18 yoshimda Bentley sotib oldim va 19 yoshimda uni tilla plyonka bilan o‘rashga qaror qildim. Men avvaliga har yili yangi mashina sotib olishni istadim, biroq natijada, o‘zimning Bentley avtomobilimni o‘zgartirishga qaror qildim. Men mashinani Kream Developments kompaniyasiga yubordim, ular ajoyib qoplama tayyorlab berishdi va mashinam oltinga aylandi. Hech kimda bunaqasi yo‘q, bu yagona nusxadir», —deydi Robert.
Robertning onasi o‘g‘li bilan faxrlanishini, ammo unga mashina sira ham yoqmasligini aytdi. Uning fikricha, mashina juda ham dabdabali, unga kumush tus berilsa kifoya.
Shuningdek, Bentley — Robertning yagona mashinasi emas: uning Range Rover i Volkswagen Polosi ham bor. 19 yoshli uddaburon yigit umumiy qiymatda avtomobillar uchun qariyb 250 ming funt sterling sarflagan.

«Maqsadim — insonlarni baxtli qilish. Men barchaning o‘zi istagan, zarur narsasi bo‘lishini istayman va shunda o‘zimni ham ko‘nglim tinchiydi», —deydi u

Publication author

offline 3 oy

admin

125
Comments: 77Publics: 65Ro`yxatdan o`tish: 17-05-2017